Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2020   Siyosat

Ozarbayjondan munosabat: O‘zbekistonda bag‘rikenglik ustuvor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan


BOKU, 9 dekabr. /«Dunyo» AA/. «Janubiy Kavkaz» siyosatshunoslar klubi (Ozarbayjon) rahbari Ilgar Valizoda AQSh Davlat departamentining O‘zbekistonni diniy erkinliklar sohasida «Maxsus nazorat ro‘yxati»dan chiqarish to‘g‘risidagi rasmiy bayonoti yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

— O‘zbekiston, o‘zbek xalqi va rasmiy Toshkentning turli diniy konfessiyalar va etnik guruhlar vakillariga munosabati bilan tanish bo‘lgan har bir kishi Davlat departamentining avvalgi qarorini anglashilmovchilik yoki mamlakat obro‘sini tushirishga intilgan kuchlar faoliyatining natijasi deb bilgan, — dedi ekspert. — Avvalgi qarorni bekor qilgan amaldagi hujjatni O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faoliyati e’tirofi va adolat tantanasi deb hisoblash mumkin. Men O‘zbekiston va ushbu mehmondo‘st mamlakatning turli shaharlarida ko‘p marotaba bo‘lganman. Hech qachon oddiy fuqarolar yoki ijro hokimiyati vakillarining boshqa millat va konfessiya vakillariga nisbatan noxush munosabatini sezmaganman. O‘zbekistonda bag‘rikenglik ustuvor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatda nasroniy pravoslav yeparxiyasi, yahudiy va boshqa dunyo dinlariga mansub ibodatxonalar faoliyat yuritadi.

O‘zbek jamiyati va hukumati Konstitutsiya tamoyillariga rioya qilgan holda mamlakatda yashovchi turli diniy guruh vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda. Shu tarzda milliy osoyishtalik va totuvlik ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston boshqa dinlarga hurmat ko‘rsatilmayotgan ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu yerda diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro hurmat va anglashuv tamoyillari asosida rivoj topmoqda. O‘zbekistonda azaldan shunday bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Chunki bu o‘zbek xalqi tabiatiga xos fazilatdir.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va BAA parlamentlararo aloqa...

25 yanvar kuni O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)dagi elchisi Baxtiyor Ibra...

Fransiyadan munosabat: Mahalla - o‘zbek...

O‘zbekistonda mahalla va oila institutlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rivojlantirish b...

O‘zbekistonning yangi geologik tizimini ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni geologiya sohasida a...

So`nggi yangiliklar