Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyul/2021   Sayyohlik

Ozarbayjonning Guba tumani jamoatchiligi O‘zbekiston sayyohlik salohiyati bilan tanishtirildi


BOKU, 26 iyul. /«Dunyo» AA/. Ozarbayjonning Guba tumanida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda mahalliy aholi mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan atroflicha tanishdi. Xususan, taqdimot ishtirokchilarining e’tibori sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish, xorijlik mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarga qaratildi.
Tadbir davomida taqdimot ishtirokchilariga O‘zbekiston «Ziyorat turizmi» imkoniyatlari targ‘ib qilindi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva singari tarixiy shaharlarimizning boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Milliy taomlarni ommalashtirish maqsadida o‘zbek palovi tayorlandi va mehmonlarga ulashildi.  O‘zbek oshxonasining shoh taomi - palov tarixi, uni tayorlash usullari gubaliklarda iliq taasurot qoldirdi.
Taqdimot davomida, shuningdek, ishtirokchilar o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlari bilan ham tanishtirildi. O‘zbekiston xalq va amaliy san’ati ob’ektlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mavzuga oid

Belarus kompaniyalari Bo‘stonliq va Zomi...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mi...

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonini beri...

O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hiss...

Turkiya «Sog‘lom turizm sertifikati» das...

«Sog‘lom turizm sertifikati» dasturi Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Ichki...

So`nggi yangiliklar