Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Avgust/2021   Dolzarb

Oziq-ovqat tizimlarini qayta takomillashtirish bo‘yicha FAO va SHHT o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn-muloqotda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi

TOSHKЕNT,  11 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Shanxay hamorlik tashkiloti (SHHT) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn -uloqotda ishtirok etdi. Tadbir joriy yilning kuzida BMT Bosh Assambleyasi doirasida Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha BTM sammitiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


FAO va SHHT mustaqil muloqoti FAO kotibiyati, tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi, Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha bo‘limi, Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universiteti,  Yevroosiyo xalqlari assambleyasi bilan birgalikda o‘tkazildi.

SHHTga a’zo davlatlar vakillari oziq-ovqat tizimlarining ishlashi va rivojlanishi, mamlakatlarda mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildilar, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashdi.

Onlayn-muloqotda qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Alisher Shukurov mamlakatimizning bu boradagi tajribasini taqdim etdi. 

 - Bo‘lajak sammitga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonda o‘tkazilgan milliy muloqotlar, xususan, mintaqalardagi submilliy munozaralar o‘tkazish, hamkorlikni rivojlantirish, kelishuvlarga erishish va umumiy majburiyatlarni qabul qilish uchun inklyuziv maydonni taqdim etadi. O‘zbekiston SHHT va FAOga a’zo davlatlar bilan o‘z tajribasini baham ko‘rishga tayyor - deya  ta’kidladi A.Shukurov o‘z taqdimoti davomida.

Tadbir natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi oziq-ovqat tizimlari va ularning barqaror o‘zgartirish usullari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning salohiyati yuqori ekanini qayd etdilar. O‘zaro savdoni oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat bilan ta’minlash, texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha SHHTga a’zo davlatlar orasida hamkorlikni yanada kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganili.

Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi yaqinda Rimda o‘tkazilgan BMTning Oziq-ovqat tizimlari pre-sammitida ishtirok etgan edi.

Mavzuga oid

Belgiyadan munosabat: O‘zbekistonning Or...

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Orolbo‘yi mi...

Ispaniyadan munosabat: O‘zbekiston TDT d...

Xesus Gil, Madrid universiteti professori, Ispaniya Sharqshunoslar uyushmasining bosh kot...

Navoiy tili — o‘zbek adabiy tili hozirgi...

21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish maqsadid...

So`nggi yangiliklar