Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

Parijda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi


PARIJ, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi va mamlakatimizning YUNESKOdagi doimiy missiyasi Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Parijda rasmiy qabul marosimini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Fransiyaning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon va madaniy doiralari vakillari, YUNESKO rahbarlari, Parijda va YUNESKOda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi vakillari ishtirok etdi.

Marosim qatnashchilariga respublikamizning mustaqil rivojlanish yillari davomida erishgan muvaffaqiyatlari haqidagi atroflicha  maʼlumotlar taqdim etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim natijasi bo‘lgan iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy tiklanishning yangi va muhim jarayoni kechayotganiga eʼtibor qaratilar ekan, o‘tgan besh yil davomida qayd etilgan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek, xalqaro hamjamiyat tomonidan  munosib baho berilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning salmoqli natijalari qayd etildi.

Tadbir chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanayotgani, ko‘p tomonlama barqaror hamkorlikni faollashtirish va bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun o‘zaro mushtarak intilishning mavjud ekanligi alohida taʼkidlandi.

Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston xalq artistlari Abduhoshim Ismoilov va Zulayho Boyxonova tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Bundan tashqari, Fransiyada yashovchi vatandoshlar uchun diplomatik vakolatxonalar tomonidan qutlug‘ sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Vatandoshlarga joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi bilan bog‘liq maʼlumotlar taqdim qilinar ekan, ushbu siyosiy tadbirda ular faol qatnashishga daʼvat etildi.

Tantanali marosim doirasida faol vatandoshlar - YUNESKO xodimi Bobur To‘xtaboyev va rassom Hulkar Yunusovaga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni topshirildi.

Mavzuga oid

Tojikistonning mamlakatimizdagi elchisi ...

Tojikistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomi kirib kelayotgan ...

Dehli shahrida mamlakatimiz Mustaqilligi...

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasida Hindistonning Javaharlal Neru universiteti huzuri...

Qozog‘istondan munosabat: O‘zbekiston en...

Mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 30 yil...

So`nggi yangiliklar