Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Aprel/2021   Dolzarb

Parijdan munosabat: «GSP+» imtiyozlar tizimi Fransiya va O‘zbekiston kompaniyalarining faol hamkorligi orqali yangi Ipak yo‘lining rivojlanishiga yordam beradi


PARIJ, 11 aprel. /"Dunyo" AA/. "Biz O‘zbekistondagi faoliyatimizni 2016 yilda boshlaganmiz. Kompaniyamiz respublikada yaratilgan qulay sharoitlardan faol foydalangan holda, eksport va import amaliyoti bilan shug‘ullanadi", - dedi «ALD Group» kompaniyasi bosh direktori Arno Driolle "Dunyo" AAga bergan intervyuda.

- O‘zbekiston tomonidan Yevropa Ittifoqining «GSP+» benefitsiar maqomini olishi biz uchun katta xushxabar bo‘ldi, - dedi u. - Ushbu voqea mamlakat rahbariyati tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning amaliy natijasidir. «GSP+» natijasida tarif to‘siqlarining bekor qilinishi o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilish hajmining o‘sishi, shuningdek, xalqaro sifat standartlarini ta’minlash uchun ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirishga yordam berishiga ishonchim komil.

Fransiyada biz o‘zbek tovarlarini, shu jumladan, gilam va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ayniqsa, yuqori sifati bilan ajralib turadigan meva-sabzavotlarni xarid qilishni yaxshi ko‘ramiz.

Ushbu imtiyozli tartib, shuningdek, Fransiya va O‘zbekiston kompaniyalarining faol hamkorligi orqali yangi Ipak yo‘lining rivojlanishiga yordam beradi hamda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Mavzuga oid

Oʼzbekiston Prezidenti tomonidan amalga ...

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaa...

Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar...

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotla...

So`nggi yangiliklar