06/Fevral/2023 Sport
TOSHKENT, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston dzyudochilari Parijda o‘tkazilgan «Katta dubulg‘a» turnirini 2 ta bronza medali bilan yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turnirda -60 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Kamoliddin Baxtiyorov uchinchi o‘rinni egalladi.
+100 kg vazn toifasida kurashda esa ikki nafar yurtdoshlarimiz ro‘baro‘ keldi. Shohruh Baxtiyorov va Alisher Yusupov o‘rtasida kechgan kurashda Alisherning qo‘li baland keldi va termamizga 2-bronza medalini taqdim etdi.