Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Sentabr/2022   Tarix

Parkent tumani hududidan XVI – XVII asrlarga oid mis tangalar topildi

TOSHKENT, 19 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Xo‘ja” mahallasidagi xonadonlardan biridan mis tangalar topildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi, Arxeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish boshqarmasi masʼullari tomonidan  tangalarning soni 939 ta ekanligi aniqlandi.

Fanlar akademiyasidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mis tangalar topilgan joy ko‘zdan kechirilib, ularning diametri 115 santimetr bo‘lgan o‘raning yer sathidan 40-50 santimetr chuqurlikda, bir joyda to‘plangan holda topilganligi, tangalar topilgan joydagi tuproq orasidan o‘lchami 25x25x5 santimetr bo‘lgan pishiq g‘isht bo‘lagi, moviy rangda sirlangan va sirlanmagan idishlarning mayda parchalari topildi.

Tangalarni dastlabki o‘rganish uzoq vaqt davomida yer ostida, nam tuproqqa qorishib chiriganligi sababli ularning har ikkala tomonining yuzalari tekislanib ketgan. Tangalarning ayrimlariga ishlov berilib, tozalanishi ularda doira shakldagi halqa va uning ichiga arab harflaridagi yozuv bitilganligi maʼlum bo‘ldi. Tozalangan tangalardan ayrimlarining bir tomonida “Zarb Toshkent ( )” yozuvigina o‘qildi. Ikkinchi tomonini o‘qishning imkoni bo‘lmadi. Ammo avval aniqlangan, aynan ularga o‘xshash tangalar bilan qiyosiy tahlil yangi topilgan xazina XVI  asr oxiri – XVII  asr boshlariga tegishli ekanligini ko‘rsatdi. Tangalar topilgan joydan aniqlangan boshqa ashyoviy dalillar - 25x25x5 santimetr hajmdagi pishgan g‘ishtlar, moviy rangdagi sirlangan va sirsiz sopol idish siniqlari ham yuqorida ko‘rsatilgan davrga tegishldi.

Mavzuga oid

Makka shahridagi “Al-Buroq” xususiy muze...

O‘zbekiston Bosh konsulxonaci xodimlari Makka shahridagi “Al-Buroq” xususiy muzeyi direkto...

Ikkinchi jahon urushi davrida Stalingrad...

Bugun Stalingrad qamalidagi g‘alabaga 80 yil to‘ldi

O‘zbekiston arxeologlaridan navbatdagi t...

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi, Xatak bo...

So`nggi yangiliklar