Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Parlament

Parlamentlararo Ittifoq prezidenti Buxoroda bo‘lib o‘tadigan Jahon ayol-spikerlarining forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keladi


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Ispaniya poytaxtida bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya kecha Parlamentlararo ittifoq (PI) 143-Assambleyasi ishidagi ishtiroki doirasida PI prezidenti Duarte Pacheko bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, PI prezidenti O‘zbekiston parlamenti aʼzolarining tashkilot ishida faol ishtiroki, shu jumladan, yoshlar, gender siyosati, atrof muhit va sog‘liqni saqlash kabi kun tartibidagi masalalarni olqishladi.

Duarte Pacheko O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosati Parlamentlararo ittifoq strategiyasi bilan hamohang ekanini taʼkidladi. Shu munosabat bilan u mamlakat parlamentida yoshlarning vakilligini yuqori baholadi.

Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda yoshlar parlamentda ko‘pi bilan 3 foiz darajasida. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori. Shu bilan birga PI O‘zbekistonning mamlakat qonun chiqaruvchi organida yoshlar sonini ko‘paytirish niyatini olqishlaydi. Ittifoqning «Yosh parlamentga “ha” deb ayt» aksiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

PI prezidenti, ayniqsa, O‘zbekiston parlamenti aʼzolari umumiy sonining 32 foizini xotin-qizlar tashkil etishi jahondagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri ekanini alohida taʼkidlandi. Gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy bahoga loyiqdir.

Shu munosabat bilan Duarte Pacheko 2022 yil sentyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Jahon ayol-spikerlarining forumi yuksak saviyada tashkil etilishiga ishonch bildirdi. U kelasi yili O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va PI o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi bo...

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya 13-15-oktabr kunlar...

O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatis...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov bugun O‘zbe...

O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi V...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida...

So`nggi yangiliklar