Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2020   Ilm-fan

Pokistonda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi


ISLOMOBOD, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Zamonaviy tillar milliy universitetida yangidan nashr etilgan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taqdimot avvalida universitet rektori Muhammad Jaffar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti sa’y-harakati bilan chop etilgan lug‘at o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

M.Jaffar bugungi kunda universitetda ko‘plab xorijiy tillar qatorida o‘zbek tili ham o‘rgatilayotganini qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, o‘zbek tili Pokistonda iste’molda bo‘lgan milliy tilga tarixan o‘xshash, hozirgi kunda urdu tilida 5 mingdan ziyod o‘zbek tilida mavjud so‘z va iboralar qo‘llaniladi.

Tadbir doirasida elchixona vakillari universitet qoshida tashkil etilgan O‘zbek tili markazida bo‘ldi. U yerda pokistonlik talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi.

Bu yerda shu kunga qadar yuz nafarga yaqin talaba o‘zbek tilini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv so‘ngida markaz bilan elchixona o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, kerakli o‘quv dasturlari, manba va adabiyotlar bilan ta’minlash hamda birgalikda ma’rifiy va madaniy tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Ilm-fan va texnologiyalar vazirlarining...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov videokonferensaloqa orqali...

Namanganda Belarus milliy texnika univer...

Ta’kidlash joiz, Belarus milliy texnika universiteti bir asrlik tarixga ega bo‘lib, jahonn...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi...

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Tuluza shahriga safari...

So`nggi yangiliklar