Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyul/2022   Dolzarb

Pokistondan munosabat: Jahon hamjamiyati O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik strategiyasini qo‘llab-quvvatladi

ISLOMOBOD, 16-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi (2013-2018 yy.) Riyoz Buxoriy  BMT Bosh Assambleyasi tomonidan maʼqullangan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiya ahamiyati haqidagi fikrlarini  yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


-BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan maxsus rezolyutsiyaning muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, O‘zbekiston tashabbusi bilan tayyorlangan hujjatga dunyoning 40 dan ortiq mamlakati hammuallif bo‘ldi.

BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida O‘zbekiston Prezidentining 2022 yilni  IHTda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili, deb eʼlon qilish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani ham juda muhim.

Shunday qilib, jahon hamjamiyati O‘zbekiston rahbariyati tomonidan 2021 yilda ilgari surilgan mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik strategiyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi va birdamligini bildirdi.

Ushbu yondashuv bugungi kundagi global hamda mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishning eng yaxshi retseptidir.

Mavzuga oid

Latviyadan munosabat: O‘zbekistonning To...

“LETA” axborot agentligining (Latviya) xalqaro yangiliklar bo‘yicha muharriri Alvis Egliti...

So‘x tumanida qiymati 12 milliard so‘mli...

Mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” MFY hududidan 4,5 gektar yer maydoni a...

ITB vakili: Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan...

Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik anjumani ishtirokchisi...

So`nggi yangiliklar