Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Iyul/2022   Sanalar

Pokistondan munosabat: Davlat gerbi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi taniqli ramziga, tashrif qog‘oziga aylandi

ISLOMOBOD, 4-iyul. / “Dunyo” AA/.  Davlatimiz gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Pokistonning siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekiston xalqiga o‘z tabrigini yo‘lladi.


Muhammad Yaqub Shayx, Pokiston Milliy Assambleyasi deputati, “Pyramid Logistics (Pvt) Ltd.” kompaniyasi ijrochi direktori:

– O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 30 yil to‘lgani bilan birodar o‘zbek xalqini chin dildan tabriklayman.

Davlat gerbi – davlatchilik ramzi, millatning o‘zligini bildiruvchi alohida belgi, milliy g‘urur nishonasi.

Dalatlar institutlari va tuzilmalari o‘rtasida aloqalar alohida ahamiyatga ega, lekin o‘zaro munosabatlar xalqlar orasidagi do‘stlikka, bir-biriga ruhan intilishga ham asoslansa ular yana-da mustahkam bo‘ladi.

Xalqlarimizning o‘zaro birodarona munosabatlari O‘zbekiston Prezidentining joriy yil Pokistonga tashrifi chog‘ida yana bir bor namoyon bo‘ldi. Pokistonning ko‘plab hududlarida pokistonliklar o‘zbek qardoshlari hurmati, tarixiy-madaniy ildizlarimiz tutashligi belgisi sifatida o‘z uylariga O‘zbekiston bayroqlarini ilishdi, avtomobillarini ikki davlat ramzlari – bayroq va gerblar bilan bezatdi.

Yana bir holatni alohida aytib o‘tishni istardim: mana bir necha yilki “Pyramid Logistics” transport-logistika kompaniyamizning yuk avtomobillari Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida qatnamoqda. Har bir transport vositamizga ikki do‘st davlatning gerblari tasviri tushirilgan. Gerblarimiz bizlarga qilayotgan ishlarimiz ikki xalqning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash, farovonligi uchun xizmat qilishini eslatib turadi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik tashabbusi aslida bizlarning qalbimizda ham aks etganini, yillar davomida millatlarimizning uzilib qolgan aloqalarini tiklash borasidagi orzularimizning ro‘yobga chiqa boshlagani darakchisidir.

Davlatlarimiz gerblari yonma-yon turib, bizlarning o‘zaro ziyoratlarimizga abadiy yo‘lboshchi bo‘lib qolaversin.

O‘zbekistonlik birodarlarimizga Davlat gerbi kuni muborak bo‘lsin.

Rana Tausif, “Travel Advisors International” va “AVIPORT” kompaniyalari ijrochi direktori:

– O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan O‘zbekiston xalqini, o‘zbek do‘stlarimiz va hamkorlarimizni samimiy tabriklaymiz.

O‘tgan 30 yil davomida Davlat gerbi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi taniqli ramziga, tashrif qog‘oziga aylandi.

Mamlakat qo‘lga kiritayotgan barcha yutuqlar davlat bayrog‘i va gerbi vositasida xorijiy media makonda ko‘p bor yoritildi, ildam davom etayotgan islohotlar to‘g‘risida ham davlatingiz gerbi tasviri bilan ko‘p bora yetakchi xalqaro nashrlar, jumladan Pokiston matbuotida maqolalar, yangiliklar, tahliliy materiallar chop etildi.

Bu davlat gerbini tom maʼnoda O‘zbekiston bilan uyg‘unlashtirdi, uni mamlakatingizning, samimiy insonlaringizning chinakam ramziga aylantirdi. Biz har safar gerbda o‘zbek do‘stlarimiz, qadrdon birodarlarimizning aksini ko‘rgandek bo‘lamiz.

Sportga qiziqqanim sababli, xalqaro maydonda o‘zbek sportchilari o‘z g‘alabalarini maxsus kiyimlarining chap ko‘krak qismiga tushirilgan gerb tasviriga hurmat ko‘rsatib nishonlashlari mening bu yigit-qizlarga hurmatimni oshiradi.

Bugun O‘zbekiston gerbi mamlakat mavjudligi va taraqqiyotining asosiy tamoyillarini aks ettiradi, har bir fuqaroning milliy g‘ururi hisoblanadi.

Ishonchim komilki, davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun muqaddas Vatan timsoli bo‘lib, unda O‘zbekiston xalqining o‘tmishi, buguni va ertasi o‘z aksini topgan.

O‘zbekistonga abadiy mustaqillik, do‘st o‘zbek xalqiga tinchlik va tuganmas farovonlik tilayman.

Mavzuga oid

Fransiyadan munosabat: Luvr muzeyidagi B...

Buyuk adib, shoir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining...

Yaponiyadan munosabat: Taklif qilinayotg...

Yaponiyada taʼlim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz “Dunyo” AA uchun intervyusida ...

Janubiy Koreyada yoshlar ishtirokida «Da...

2 iyul – O‘zbekistonning Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizning Seu...

So`nggi yangiliklar