Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   Dolzarb

Pokistondan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti mintaqalararo integratsiya va o‘zaro bog‘liqlik strategiyasini izchil ilgari surmoqda

ISLOMOBOD, 27 may. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 25 may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi yuzasidan Pokiston ekspert-tahlil doiralari vakillari o‘zlarining quyidagi fikr-mulohazalarini «Dunyo» axborot agentligi bilan o‘rtoqlashdilar: 


«Najeeb Fibers» eksport-import kompaniyasining ta’sischisi Najib Voxra: 

- So‘nggi yillarda O‘zbekiston Pokistonning Markaziy Osiyodagi eng yirik va eng muhim savdo sherigiga aylandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. 

O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishlarida mintaqalararo savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga muntazam ravishda da’vat etib keladi.

Bu safar ham O‘zbekiston rahbari Shimol – Janub xalqaro yo‘laklarini va Xitoyni o‘z mintaqasi, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi boshqa magistrallarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini bayon etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev YEOIIga a’zo davlatlarni O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘li qurilishini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi ishiga qo‘shilishga taklif etgani ham quvonarli holdir. 

Pokistonlik tadbirkor sifatida men O‘zbekiston bilan besh yildan buyon hamkorlik qilaman. O‘zbekiston hukumati savdo tartib-qoidalarini sezilarli darajada soddalashtirgani juda muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni olti barobarga keskin oshirish imkonini berdi. Shuning uchun men O‘zbekiston rahbarining MDH mamlakatlari va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishga xizmat qiladigan texnik to‘siqlarni bartaraf etish va sertifikatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Shu bilan birga, milliy valyutada o‘zaro hisob-kitoblarni rivojlantirish va ko‘paytirish taklifi ham e’tiborga molik tashabbus bo‘ldi. Chet el valyutasi taqchilligini boshdan kechirayotgan Pokiston uchun bu tashqi savdo balansi muammolarini hal qilishning o‘ta muhim vositasi bo‘lib, o‘zaro savdo hajmini yuqori darajaga olib chiqish uchun qardosh O‘zbekiston bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyormiz.

Prezident bojxona ma’muriyati, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazoratining elektron platformalari va onlayn tizimlarini birlashtirish muhimligini ham ta’kidladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston va Pokiston ushbu yo‘nalishda ish boshlagan va o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan birgalikda elektron platformalarda bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.

Biz O‘zbekiston rahbarining Pokiston uchun eng dolzarb bo‘lgan "yashil" yo‘laklarning ishlashini ta’minlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ma’lumki, 2022 yilda suv toshqini natijasida mamlakatimiz katta insoniy va iqtisodiy yo‘qotishlarga duch keldi. Shu nuqtai nazardan, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishning samarali mexanizmlarini shakllantirish biz uchun ham g‘oyat muhimdir. 

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Prezidentiga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan tashabbuslarni doimiy va izchillik bilan ilgari surayotgani uchun minnatdorlik bildirishni istar edim. 

«Yevroosiyo asri» tahlil institutining direktori Irfan Shahzod:

- O‘zbekiston Prezidenti belgilab bergan vazifalar YEOIIga a’zo davlatlar tomonidan ustuvor vazifa sifatida qabul qilinmog‘i lozim, deb o‘ylayman. Chunki global xavf-xatarlarning kuchayishi, transport va logistika zanjirlarining uzilishi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi jiddiy masalalar sirasiga kiradi.

Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va Yevroosiyo makonida sanoat markazlarini shakllantirish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rish tashabbusi alohida ahamiyatga ega. 

Global miqyosdagi pandemiyadan keyingi sharoitda Shimol – Janub xalqaro yo‘laklarini va Xitoyni Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi boshqa magistrallarni rivojlantirish, shubhasiz, juda dolzarb ahamiyatga ega. 

Ishonchim komilki, savdo zanjirlari uzilishiga duch kelgan Janubiy Osiyoning boshqa davlatlari singari Pokiston ham O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Agrar forumda faol ishtirok etadi.

O‘zbekiston rahbari ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqotni rag‘batlantirish uchun, jumladan, mamlakatlarimiz hududlarining mavjud salohiyatidan foydalangan holda samarali platformalar yaratilganini ham alohida ta’kidladi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YEOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga ko‘paygani va barqaror o‘sish sur’atlari joriy yilda ham kuzatilayotgani katta e’tiborga molikdir. 

Mavzuga oid

Kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulot ...

O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqi...

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi adliya, ...

21-23-iyun kunlari videokonferensiya aloqasi vositasida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” h...

Ozarbayjondan munosabat: O‘zbekiston va ...

«Janubiy Kavkaz» siyosatshunoslar klubi rahbari Ilgar Velizade “Dunyo” AA uchun Toshkentd...

So`nggi yangiliklar