Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Aprel/2021   Dolzarb

Pokistondan munosabat: O‘zbekiston rahbariyatining samarali ko‘magi tufayli biz mamlakat farmatsevtika sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilayapmiz

ISLOMOBOD, 14-aprel. /“Dunyo” AA /. «Pokiston Bosh vaziri va O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi marta o‘tkazgan onlayn-sammit natijalaridan mamnunmiz», - deydi «Herbion Pakistan» va «Getz Pharma» farmatsevtika kompaniyalarining O‘zbekistondagi ijrochi direktori Nadim Holid “Dunyo” AAga bergan intervyusida.


- Pokiston keng jamoatchiligi, ayniqsa, mahalliy ommaviy axborot vositalari va ishbilarmon doiralar vakillari ushbu onlayn-muloqot yakunlarini yuqori baholamoqda. Mamlakatlarimiz nafaqat o‘zaro hamkorlikni, balki mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega.

Virtual sammit davomida davlat rahbarlari farmatsevtika, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda savdo va sarmoyaviy sheriklik munosabatlarini yana-da kuchaytirishga alohida urg‘u berishganini taʼkidlash muhim.

Men qariyb 25 yildan beri O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida ishlayman va respublikaning bu boradagi salohiyatidan yaxshi xabardorman.

Bizning “Herbion” kompaniyamiz O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib tog‘li va cho‘l hududlaridan yig‘ilgan dorivor o‘simliklardan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini boshlagan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilgan qulay va ilg‘or sarmoyaviy muhit bizni Sirdaryo viloyatida dori-darmon ishlab chiqaradigan yana bir yangi zamonaviy «Novugen Pharma» zavodini yaratishga undadi.

Mamlakat rahbariyatining samarali ko‘magi tufayli kompaniyalarimiz respublika farmatsevtika sohasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

Men har doim O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlab kelaman. Bilamanki, mamlakatlarimiz bir-birini to‘ldiradi va eng oliy darajadagi samimiy siyosiy muloqot O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari uchun o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga turtki beradi.

Fursatdan foydalanib, men birodar O‘zbekiston va Pokiston xalqlarini ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi onlayn-sammitning muvaffaqiyatli va juda samarali o‘tkazilgani bilan qutlayman.

Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida do‘stlik abadiy bo‘lsin!

Pakistan-Uzbekistan Dusti Zindabad!

Mavzuga oid

Qurilish va ijtimoiy sohalarda amalga os...

Shavkat Mirziyoyev joriy yil Toshkent shahrida amalga oshiriladigan qurilish va ijtimoiy l...

O‘zbekistonning xorijdagi elchilari resp...

Bugun Tashqi ishlar vazirligi binosida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalar...

O‘zbekiston adabiyotshunoslari Buyuk Bri...

Mamlakatimiz elchixonasida A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univ...

So`nggi yangiliklar