Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Dolzarb

Pokistondan munosabat: Oliy darajadagi onlayn-sammit Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy iroda va istiqboldagi amaliy munosabatlarga tayyorlikni namoyish etdi


ISLOMOBOD, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. «Mening ajdodlarim O‘zbekistonning Termiz shahridan. Men o‘zimni termizlik, deb bilaman», - dedi Pokistonning Global va strategik tadqiqotlar markazi prezidenti Sayid Xolid Amir Jaffri 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Pokiston oliy darajadagi sammiti natijalari haqida fikr bildirar ekan. - Pokiston Bosh vaziri Imron Xon va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatli va sermahsul muloqot men uchun bu sana chin ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi.

Bugun Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik faol rivojlanmoqda va so‘nggi yillarda ikki mamlakat tovar ayirboshlash hajmini 4 baravarga oshirishga erishdi. Bu ko‘rsatkich ikki qardosh mamlakat o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish uchun umumiy manfaat va salohiyat mavjudligidan dalolat beradi.

So‘nggi yillarda Pokistonga O‘zbekistondan kelgan delegatsiyalar, shuningdek, Pokistonning O‘zbekistondagi ishbilarmonlari safi izchil kengayib bormoqda. Bu esa savdo-sotiqni diversifikatsiya qilish va o‘zaro aloqalarning yangi yo‘nalishlaridan foydalanishga yordam beradi.

Yaqinda O‘zbekistonning qator vazirliklari vakillari mintaqaviy aloqalarni, shu jumladan, Janubiy Karachi va Gvadar dengiz portlarining imkoniyatlari, shuningdek, harbiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirishni o‘rganish uchun Pokistonda bo‘ldi.

Mamlakatlarimiz mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim masaladir - bu tomonlarning o‘zaro ishonchini mustahkamlaydi. Tashrif davomida mudofaa sanoatida ilgari tasavur ham qilib bo‘lmagan istiqbolli loyihalar bo‘yicha batafsil muzokaralar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, «O‘zbekkosmos» va Pokistonning SUPARCO komissiyasi (kosmos va atmosferaning yuqori qatlamlarini o‘rganish) mutaxassislari birinchi marta hamkorlik masalalarini muhokama qila boshladi.

Shu nuqtai nazardan, ikki do‘st mamlakat rahbarlarining onlayn-sammiti yakunlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mavzuga oid

Gulbahor Saidg‘aniyeva: Konstitutsiya — ...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligini nishonlash muno...

“Dunyo” AA aksiyasi :«Konstitutsiya meni...

Mamlakatimizning Asosiy qonuni — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganin...

Farg‘ona va Bоtken hududlari rahbarlari ...

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va Bоtken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmo...

So`nggi yangiliklar