Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Dolzarb

Pokistondan munosabat: Pokiston-O‘zbekiston oliy darajadagi onlayn-sammitining samarali yakunlari O‘zbekiston Prezidentining muvaffaqiyatli tashqi siyosatining natijasidir


ISLOMOBOD, 16 aprel. / «Dunyo» AA/. Pokistonning nufuzli ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, ilmiy, akademik va ekspert-tahlil doiralari vakillari 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Pokiston oliy darajadagi onlayn sammiti natijalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

- Davlatlarimiz rahbarlarining onlayn-sammiti Islomobodning Toshkent bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faollashtirish va mustahkamlashga intilishining yorqin dalilidir, - dedi Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi ijrochi direktori Xolid Taymur Akrom. - Pokiston buni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan muvaffaqiyatli tashqi siyosat natijasi sifatida baholamoqda.

Shubhasiz, bugungi kunda O‘zbekiston juda jozibali geografik va infratuzilma salohiyatiga ega. Bu esa «Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar» temir yo‘l loyihasini amalga oshirish shaklida Buyuk ipak yo‘lini tiklash istiqbollarini aniq ko‘rish imkonini beradi.

Bundan tashqari, bugungi kunda O‘zbekiston va Pokiston xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy aloqalar, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish va uning ijtimoiy-iqtisodiy darajasini ko‘tarish sohasida muhim muvaffaqiyatlarni namoyish etmoqda.

Virtual muloqot doirasida Imron Xon va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida fikr va mulohazalar almashinuvi o‘zaro munosabatlarning aniq yo‘nalishlarini belgilab berdi, tomonlarga hamkorlikning muhim jihatlarini topishga imkon berdi.

Sammitda ikki davlat rahbarlari xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirish, tadqiqot almashinuvi, shu jumladan, ziyorat turizmi masalalarini muhokama qildilar.

Ishonchim komilki, oliy darajada bo‘lib o‘tgan onlayn-sammit mamlakatlarimizga strategik sheriklikni rivojlantirish, ikki qardosh xalqning farovonligi ta’minlash yo‘lida kelgusi hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga imkon beradi.

Mavzuga oid

Yevropadagi vatandoshlar navbatdagi cha...

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 03:30 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti...

Uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi k...

Bandlik va mehnat vazirligi: yanvar-iyun...

O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etd...

So`nggi yangiliklar