Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Dolzarb

Pokistondan munosabat: Pokiston va O‘zbekiston rahbarlarining virtual uchrashuvi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi tarixiy, madaniy, diniy va ma'naviy aloqalarni tiklashga turtki beradi


ISLOMOBOD, 15 aprel'. /«Dunyo» AA/. «O‘zbek birodarlarimizga davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi tarixiy onlayn-sammitning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani munosabati bilan tabriklarimni yo‘llayman”, - dedi  Pokiston Naqshbandiya tariqati rahbari Pir Muhammad Naqib-ur-Rahmon «Dunyo» AAga bergan interv'yuda.

- Pokiston hukumati rahbari Imron Xon va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ziyorat turizmini rivojlantirish va mamlakatlarimiz o‘rtasida parvozlarni qayta tiklash masalalarini alohida muhokama qilgani quvonarlidir,- dedi u. - Oliy darajadagi virtual sammit Naqshbandiya tariqati tarafdorlarini ham ilhomlantirdi.  O‘zbekiston-Pokiston birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlash belgisi sifatida masjidimizda «taroveh»ning birinchi kunini shu mavzuga bag‘ishladik. Jumladan, O‘zbekistonga ziyorat qilish, Imom Buxoriy va Imom Termiziy hadislarini o‘qish, buyuk o‘zbek mutafakkirlarining islom sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, respublikadagi ijobiy o‘zgarishlar, ziyorat turizmi sohasidagi islohotlar haqida ma'lumotlar berdik.

Biz O‘zbekiston haqida gapirganda, avvalo, barcha konfessiyalar vakillarini hurmat qiladigan bag‘rikeng xalq, islom bilan bog‘liq buyuk tarixiy merosni anglaymiz.

O‘zbekiston va Pokiston rahbarlarining virtual uchrashuvi, albatta, tarixiy, madaniy, diniy va ma'naviy aloqalarning tiklanishiga, shu jumladan, birodar mamlakatlar o‘rtasida so‘fiylik tarafdorlarining ziyoratga bo‘lgan ishtiyoqiga turtki beradi.

Mavzuga oid

Afg‘oniston elchisi: O‘zbekistonning IH...

Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Elmiy O‘zbekistonning BMT Inson huquql...

O‘zbekistonda Gender tenglik sohasidagi ...

O‘zbekistonda Gender tenglik sohasidagi islohotlar samarasi natijasida vaziyat ijobiy tomo...

JSST bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash...

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge o‘z lavozimiga kirishgandan keyi...

So`nggi yangiliklar