Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Pokistonning Lahor shahrida vatandoshlar uchun O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi


ISLOMOBOD, 23 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari Panjob viloyati markazi - Lahorga xizmat safari uyushtirib, mazkur viloyatda bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar bilan yaqindan tanishtirish hamda ularga huquqiy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir Lahorda faoliyat ko‘rsatadigan O‘zbekiston-Pokiston savdo va madaniyat markazi binosida tashkil etildi.

Konsullik qabuli chog‘ida elchixona diplomatlari vakolatxonaning xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ham o‘rtoqlashdi.

Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda bo‘lajak Prezident sayloviga tayyorgarlik va saylov tizimidagi yangiliklar, jumladan, fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida Lahorda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini tuzish va sayyor ovoz berishni tashkil etish haqida batafsil axborot taqdim etildi.

24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi mamlakatni yana-da demokratlashtirish, O‘zbekistonda barqaror rivojlanish va fuqarolik jamiyati barpo etishning strategik maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi. Ishtirokchilar Prezident sayloviga nomzodlarning dasturlari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan videolavhalar hamda boshqa maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

Yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan bergan savollariga batafsil javob oldi.

Mavzuga oid

Qig‘izistondagi vatandoshlar O‘zbekiston...

Bugun O‘sh shahrida joylashgan B.Sodiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek halqaro universiteti bino...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar ke...

Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazi...

Saylovlarni o‘tkazishda xalqaro kuzatuvc...

Saylov jarayonlari oshkora va haqqoniy o‘tishini ta’minlashda kuzatuvchilarning ishtiroki ...

So`nggi yangiliklar