Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Polsha kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori texnologiyali qo‘shma korxonani tashkil etish taklifini bildirdi


VARSHAVA, 17-may.  /“Dunyo” AA/. Polshaning «Tri-Wall Polska» kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha direktori Dariush Kochmars boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasidan maʼlum qilishlaricha, kompaniya turli xom ashyolar - karton, polipropilen, matodan avtomobil ehtiyot qismlari, shuningdek, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar uchun barcha turdagi murakkab qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

O‘zbekistonga tashrifdan ko‘zlangan maqsad avtomobil sanoati va respublika qishloq xo‘jaligining qayta ishlash sektori ehtiyojlari uchun qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Delegatsiya O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar jalb etish agentligi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda polshalik investorlarga mamlakatimizda yaratilgan investitsiya sharoitlari, imtiyoz va preferensiyalar, eksport imkoniyatlari va mehnat bozori, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari haqida maʼlumot berildi.

Toshkentning Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omov bilan uchrashuvda mehmonlar tuman salohiyati, istiqbolli investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Tomonlar investorlar faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan ushbu tumanda qadoqlash idishlari ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi. Tumanning qator sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Polshalik tadbirkorlar Toshkentning, xususan, Yangihayot tumanining sanoat salohiyati, ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi. Mehmonlar hududlarda ustuvor tarmoqlarni sanoatlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini qayd etdi. «Bizning vazifamiz bu yerda Yevropada talab qilinadigan ekologik standartlar asosida katta va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish loyihasini yaratishdan iborat», - dedi Polsha kompaniyasi vakillari.

Mavzuga oid

«Eron – Afg‘oniston – O‘zbekiston» yo‘na...

O‘zbekiston Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasi va Eron Islom Respublikasi

Italiyaning «Innovando» kompaniyasi qatt...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 aprel kuni “2019 — 2028 yillar davrida...

«Loyihalar fabrikasi»ni rivojlantirishda...

BAA Vazirlar Mahkamasi va kelajak ishlari bo‘yicha vazirligining yetakchilik hamda davlat ...

So`nggi yangiliklar