Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Noyabr/2022   Eksport

Polsha O‘zbekistondan meva va sabzavotlar importini bir necha barobarga ko‘paytirishga tayyor

VARSHAVA, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev Polsha Qishloq xo‘jaligi va qishloqni rivojlantirish vazirligi davlat kotibi Rafal Romanovskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda agrar sohadagi O‘zbekiston-Polsha aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Elchi o‘zaro tovar ayirboshlashning yillik o‘sishi 25-30 million dollarni tashkil etishini, O‘zbekistonning Polshaga eksporti har yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa yo‘nalishlarni hisobga olgan holda 15-18 million dollarga oshayotganini taʼkidladi. Polsha Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida O‘zbekiston mahsulotlarining eng yirik importchisi bo‘lib, 2022 yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 130 million dollargacha o‘sishi kutilmoqda, umumiy tovar aylanmasi esa ilk bor 300 million dollardan oshadi.

Rafal Romanovskiy yaqin ikki tomonlama hamkorlikning aniq natijalarini, jumladan, pandemiya va transport-logistika zanjirlarining uzilishi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, 2021 yilda qariyb 30 million yevroni tashkil etgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ikki tomonlama aylanmasi ko‘rsatkichlarini yuqori baholadi. Uning aytishicha, Polshaga sifatli o‘zbek meva va sabzavotlari yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, Polsha tomoni kelgusida O‘zbekistondan meva-sabzavot importini sezilarli darajada oshirishga tayyorligi maʼlum qilindi.

Polsha Qishloq xo‘jaligi va qishloqni rivojlantirish vazirligi davlat kotibi Polsha tomonining qishloq xo‘jaligi sohasi mamlakat iqtisodiyotning eng muhim tarmog‘i ekanligini hisobga olgan holda yuqori innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajribasini bo‘lishishga tayyor ekanligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlikni yana-da jadallashtirishga kelishib oldilar.

Rafal Romanovskiy, shuningdek, talabalar, tadqiqotchir va o‘qituvchilarning ilmiy va innovatsion ishlanmalari asosidagi turli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga ham tayyorligini maʼlum qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning joriy yil yanvar oyidagi...

Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil yanvar oyida O‘zbekiston eksportining ulushi ko‘p bo‘...

O‘zbekistondan konditsioner eksporti 202...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2021 yilning dastlabki 6 oyida ...

Xorazmda o‘zbek diplomatlari Beniluks da...

O‘zbekistonning Beniluks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov va AQSHdagi elchisi Javlo...

So`nggi yangiliklar