Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Polshada «O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari sharoitida inson huquqlariga hurmat» nomli broshyura chop etildi


VARSHAVA, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. Polshada «Marszałek Holding» nashriyot-matbaa uyi tomonidan «O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari sharoitida inson huquqlariga hurmat» nomli broshyura  chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan ushbu risola mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga bag‘ishlangan. Broshyurada o‘tgan besh yil davomida yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va respublikaning bu boradagi yutuqlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Risolada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va davlatimiz rahbarining BMT Inson huquqlari kengashining 46-sessiyasidagi nutqi ham keltirilgan. 
Yangi risola mamlakatimizda inson huquqlari himoyasi sohasini liberallashtirish va bu borada taraqqiyotga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi maxsus bo‘limlardan tuzilgan.
Unda O‘zbekiston rahbariyatining asosiy maqsadi jamiyat salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash sohasidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat ekani alohida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish orqali O‘zbekistonda yangi  taraqqiyotga zamin yaratish asosiy vazifa ekani o‘quvchilarga ma’lum qilingan.
Risolada qayd etilganidek, 2021 yil O‘zbekistonda «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili», deb e’lon qilingan.  Mazkur yilda amalga oshiriladigan vazifalarni o‘z ichiga olgan davlat dasturida  mamlakat aholisi salomatligini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash tizimining ishonchli moddiy bazasini yaratish, o‘zbek yoshlari uchun xavfsiz kelajakni ta’minlashga oid qator  vazifalar belgilangan.
Shuningdek, so‘nggi yillar davomida O‘zbekiston nafaqat mislsiz, har tomonlama rivojlanish davrini boshidan kechirdi, balki xalqaro maydondagi mavqeini ham mustahkamlashga erishdi. O‘zbekiston rahbariyati demokratiyaga erishish yo‘llarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish borasida dadil qarorlar qabul qilmoqda. Xususan, mamlakatda savdo-sotiq va sarmoyalar  uchun keng imkoniyatlar yaratilib, g‘oya va texnologiyalarni erkin olib kirish ta’minlanmoqda.
Broshyurada, shuningdek, O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining asosiy strategik yo‘nalishlari ham o‘z aksini topgan. Parlament rolini mustahkamlash, sud mustaqilligini ta’minlash, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, aholining real daromadlarini oshirish hamda xavfsizlikni ta’minlash haqida atroflicha fikr yuritilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari kengashining 46-sessiyasidagi nutqiga bag‘ishlangan maqolada O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilgan. Nashrning «Ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy qonunchilikni takomillashtirish» bo‘limi mamlakatda qonun va tartibotni hamda qonun ustuvorligini ta’minlash tizimidagi qator ilg‘or yangiliklar va islohotlarga bag‘ishlangan. «Korrupsiya va boshqa qonun buzilishlariga qarshi kurashish» bo‘limida esa jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish va unga qarshi kurashish hissini jamiyat hayotining barcha jabhalariga tadbiq etish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani o‘z ifodasini topgan.
«Qonunning yetakchi kuchi - davlat taraqqiyoti va farovonligining kaliti» deb nomlangan bo‘lim demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish mexanizmlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda odamlar, ularning huquq va manfaatlari eng muhim jihat hisoblanishi alohida ta’kidlangan.
Risolaning xulosa qismida O‘zbekiston demokratlashtirish sari ishonch bilan harakat qilayotgan jarayonda axborot va so‘z erkinligi, inson huquqlarini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlar yangi, yuqori bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Elchixonasi: Qoraqalpog‘isto...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi Qoraqalpog‘iston va Xitoy hududlari o‘rtasida 2021-2...

Alisher Navoiy — millatlararo madaniyat ...

Mamlakatimizning Erondagi elchixonasi tomonidan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Madaniyat...

O‘zbekiston elchisi Ukraina bosh vazirin...

O‘zbekiston elchisi Alisher Kurmanov Ukraina Bosh vazirining o‘rinbosari - raqamli transfo...

So`nggi yangiliklar