Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Polshada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan vatandoshimizga «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» ko‘krak nishoni topshirildi


 VARSHAVA, 23 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Varshavadagi elchixonasida Polshada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan vatandoshimiz Bekzod To‘raqulovga «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Marosim chog‘ida O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev mustaqil rivojlanish yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar natijasida xalqimiz farovonligi taʼminlangani, maʼnaviy-maʼrifiy, tarixiy qadriyatlarimiz yuksalganini qayd etar ekan, istiqlol tufayli shahar va qishloqlarimiz obod maskanlarga aylanib, yoshlarimiz xalqaro maydonda davlatimizning nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotganini taʼkidladi. “Davlatimiz tomonidan xorijdagi vatandoshlarimizga ko‘rsatilayotgan katta eʼtiborning samarasidv yurtdoshlarimiz nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy ellarda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishmoqda”, - dedi u.

Shu o‘rinda mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi rahbari xorijda faoliyat olib borayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil 11 avgust kuni eʼlon qilingan O‘zbekiston Prezidentining “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha to‘xtaldi.

- Biz singari xorijiy ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan vatandoshlarga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilgan bunday g‘amxo‘rlik va samimiy eʼtibordan behad xursandmiz, - dedi ko‘krak nishoni sohibi Bekzod To‘raqulov.

Mavzuga oid

Markaziy saylov komissiyasi “Milliy tikl...

Bugun Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi bo‘lajak Prezident sayloviga konsullik okrugi hudu...

Antaliyadagi vatandoshlar O‘zbekiston Pr...

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Antaliyadagi Akdeniz universititetida ...

So`nggi yangiliklar