Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Fevral/2020   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Polshada Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

VARShAVA, 7 fevral, /«Dunyo» AA/. «Polsha-Osiyo» savdo-sanoat palatasida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va joriy yil 5-6 mart kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan I Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Tadbirda Polshaning taniqli ekspert-tahlilchilari, akademik,  davlat va jamoatchilik doiralari vakillari, ishbilarmonlar qatnashdi. Ularga O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida ma'lumot berildi. Ushbu o‘zgarishlarning asosi so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan va investorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga xizmat qilayotgan me'yoriy-huquqiy baza ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, I Toshkent xalqaro investitsiya forumining maqsadi va dasturi to‘g‘risida axborot berildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston bozorida ishlayotgan va unga qiziqish bildirayotgan investorlarni birlashtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ladi.

Brifingda O‘zbekistonda aholi turmush farovonligini oshirish, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan izchil chora-tadbirlar xususida ham so‘z yuritildi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekiston mahsulotlari va xizmatlari eksportini ko‘paytirishda bank-moliya sohasini rivojlantirishga asoslangan ochiq va barqaror iqtisodiy siyosat olib borilayotgani ta'kidlandi. 

Ishtirokchilar, shuningdek, respublikada barqaror o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Varshava universiteti Siyosiy fanlar instituti professori, «Siyosiy tadqiqotlar» jurnali muharriri Y.Zaleshniy, O‘zbekistonning hozirgi iqtisodiy strategiyasi iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning chuqur tahliliga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar dasturini qamrab olganiga diqqat qaratdi.

- Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining amalga oshirilishi Pol'shadagi sarmoyadorlar va ishbilarmonlarning mamlakatingizga qiziqishini sezilarli darajada oshirdi, - dedi u.

O‘z navbatida, Oliy xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar maktabi professori Ye.Shukalski O‘zbekiston ko‘p yillik barqarorlikka erishgani, bu esa barcha sohada, shu jumladan iqtisodiyotda ham islohotlar muvaffaqiyatining garovi bo‘layotganini aytib o‘tdi.

- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lami va sur'ati misli ko‘rilmagan darajada katta. Ko‘plab tashabbuslar o‘zining amaliy tasdig‘ini topdi. Biz  I Toshkent xalqaro investitsiya forumida ularni shaxsan ko‘rish va his qilishdan umidvormiz, - dedi Ye.Shukalski.

Mavzuga oid

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya ...

Hindiston va Nepalning qator onlayn nashrlarida 24-26 mart kunlari mamlakatimiz poytaxti...

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya f...

Tojikistonning “Avesta” va “Xovar” axborot agentliklari ushbu mamlakat delegatsiyasining ...

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya f...

BAAning yetakchi “Al Bayan” gazetasi sahifasida “Osiyo yuragi “yashil iqtisodiyot” va raqa...

So`nggi yangiliklar