Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Polshadan munosabat: O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlardan asosiy maqsad insonparvar, demokratik, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishdan iborat

 VARSHAVA, 27-mart. /“Dunyo” AA/. Varshava Davlat universiteti huzuridagi Siyosiy tadqiqotlar instituti professori Todeush Bodio “Dunyo” AA uchun intervyusida   O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlangan maqsadni eʼtirof etdi.


 -Fuqarolik jamiyati asoslarini yana-da mustahkamlash, uning rolini oshirish va Yangi O‘zbekistonni qurilshda fuqarolik jamiyati  institutlarining ishtirokini kengaytirish kabi konstitutsiyaviy islohotlar muhim ahamiyatga ega.  O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlardan asosiy maqsad insonparvar, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurish, ochiq va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat.

Yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2016 yilda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini tubdan o‘zgartirish jarayoniga barqaror va ortga qaytmas  tus berishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda  himoya qilishni taʼminlashdan iborat.

Konstitutsiyaviy islohot davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi tafakkur paradigmasi va faoliyat tamoyillarini tubdan o‘zgartirishi, “davlat-jamiyat-inson” g‘oyasi o‘rniga Yangi O‘zbekistondagi munosabatlarning asosi sifatida “inson-jamiyat-davlat” g‘oyasi sindirilmoqda.

O‘zgartishlar kiritilayotgan Asosiy qonun loyihasi shaxsning huquq va erkinliklarini sezilarli darajada mustahkamlaydi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy hamda huquqiy asoslarini sezilarli darajada yaxshilaydi, shuningdek, hukumatning jamiyat oldidagi masʼuliyati va javobgarligini oshiradi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyi...

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘...

Ispaniyadan munosabat: Shu kunlarda Sama...

Madrid avtonom universiteti professori, Ispaniya Sharqshunoslar assotsiatsiyasi Bosh kotib...

Germaniyadan munosabat: O‘zbekistonning ...

«LTC Media Group» (Germaniya) media guruhi asoschisi va bosh muharriri Aleksandr Cherkassk...

So`nggi yangiliklar