Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Polshalik xalqaro kuzatuvchilar: O‘zbekiston Prezidenti saylovi erkin, ochiq va kuchli raqobat ostida o‘tdi


VARSHAVA, 28-oktabr, /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etgan Polshalik xalqaro kuzatuvchilar «Dunyo» AA muxbiriga bergan intervyularida ushbu siyosiy tadbir haqidagi firr-mulohazalarini bildirdi.

Pavel  Charnetskiy,  Varshava menejment universiteti rektori:

- Markaziy saylov komissiyasi saylovni huquqiy-texnik jihatdan samarali va oshkora o‘tkazdi. Prezident saylovi kampaniyasi o‘ta erkin va raqobatbardosh huquqiy-siyosiy muhitda, tanqidiy fikrlarga murosa qilingan holda uyushtirildi. Saylov kampaniyasi davomida barcha nomzodlarga teng imkoniyatlar taqdim etildi. Milliy ommaviy axborot vositalari ularning saylovoldi tashviqotini batafsil yoritishni ta’minladi.

Shu bilan birga, nomzodlar davlat ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti saylovini qonuniy, erkin, ochiq va kuchli raqobat ostida o‘tdi, deyishga barcha asoslarimiz mavjud.

Yanush Pexochinskiy, Polsha-Osiyo savdo-sanoat palatasi prezidenti:

- Mamlakat saylov qonunchiligi takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, prezidentlikka nomzodlar tomonidan ma’muriy resurslardan foydalanishga saylov jarayonida yo‘l qo‘yilmagani ko‘zga tashlandi. 

Biz Markaziy saylov komissiyasi va saylov jarayonining barcha tashkilotchilarining sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz.

Aldona Mixalyak, Polsha xotin-qizlar qo‘mitasi raisi:

- Men hozir qat’iy tarzda ta’kidlashim mumkinki, saylov tizimi muntazam takomillashtirib boriladigan jarayon, bunda rivojlangan fuqarolik jamiyati haqiqiy siyosiy raqobatni ta’minlaydi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda katta ishlar amalga oshirilib, saylov jarayonida huquq himoyachilari va nodavlat tashkilotlarining faol ishtiroki ko‘zga tashlandi.

MSK ma’lumoti bo‘yicha saylovda Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisova ikkinchi o‘rinni olgani ham e’tirof etish uchun juda muhim nuqta hisoblanadi. Bu O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan munosabat tubdan o‘zgarayotganini, ularga mamlakat hokimiyati, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalarda tobora ko‘proq o‘rin ajratilayotganini ko‘rsatadi. 

Andrey  Kazemirskiy va Marek Loos,  Polsha ommaviy axborot vositalari vakillari:

- O‘zbekiston Prezidenti saylovi amaldagi milliy saylov qonunchiligiga muvofiq o‘tkazildi.  

Tashkiliy ishlar demokratik saylovlarning umume’tirof etilgan xalqaro standartlariga to‘liq javob berdi. Ovoz berish davomida ommaviy axborot vositalariga shikoyat va murojaatlar kelib tushgani yo‘q. Xalqaro kuzatuvchilar va  xorijiy ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda o‘zini xotirjam va dadil tutdi. 

O‘zbekistonda jurnalistlarga nisbatan hurmat yuqoriligini his qildik.

Mavzuga oid

Xitoydagi vatandoshlarga O‘zbekiston Pre...

Mamlakatimiz elchixonasida Pekin shahridagi xalqaro maktablarda ta’lim berayotgan vatando...

Bosh konsulxona o‘zbekistonlik talabalar...

Joriy yil 24 oktabr kuni yurtimizda bo‘lib o‘tadigan siyosiy tadbir – O‘zbekiston Preziden...

Rossiya qurilish korxonasi hududida O‘zb...

O‘zbekiston Prezidenti saylovida Sankt-Peterburgda bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolari i...

So`nggi yangiliklar