Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Polshaning Lyublin shahrida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati taqdim etildi


VARSHAVA, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish uchun Polshaning Lyublin shahrida bo‘ldi, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA  muxbiri.

O‘zbekistonlik diplomat safar davomida Lyublin voyevodstvosi marshaleki (mintaqa rahbari) Slavomir Sosnovski, Lyublin shahri meri Kshishtof Juk, shuningdek,  «CHEM TRADE CENTER» kompaniyasi rahbari Pshemislav Furmanovskiy bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida Polsha vakillariga O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, mamlakatning savdo-iqtisodiy va sayyohlik salohiyati, biznes va sarmoyaviy imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Lyublin voyevodstvosi marshaleki Slavomir Sosnovski bilan qurilish materiallari, energetika uskunalari, qishloq xo‘jaligi hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalarda mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Polsha mintaqasi rahbari O‘zbekistonda Prezident saylovining muvaffaqiyatli o‘tgani va saylovda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishonchli g‘alabasi bilan o‘zbekistonliklarni takbrikladi. U, shuningdek, mamlakatimizning jadal odimlayotgan zamonaviy taraqqiyotini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, Lyublin mintaqasining sanoat va ishlab chiqarish salohiyati Polshada eng yuqori o‘rinlarda turadi. Sarmoyaviy hamkorlikdan manfaatdor qator yirik kompaniyalar mavjud. Shu munosabat bilan suhbatdosh Lyublin ishbilarmon doiralari delegatsiyasining 2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish taklifini bildirdi.  

Uchrashuvda Lyublin  mintaqasi va  Farg‘ona viloyati o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Lyublin shahri meri Kshishtov Juk ham O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, tomonlar manfaatlariga xizmat qiladigan sohalarda birgalikda ishlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Shahar meriyasida «Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish strategiyasi» mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti haqida fikr almashildi. Xususan, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning istiqbollari va bu borada ochilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashildi.

Taqdimotda shahar hokimi O‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilash va ishbilarmonlar faolligini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni mamnuniyat bilan olqishladi. Unga ko‘ra, bu  iqtisodiyotning xususiy sektorini rivojlantirish, chet el kapitali oqimi, xorijiy mamlakatlar vakolatxonalarini ochish, dunyoda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga kuchli turtki berdi.

«CHEM TRADE CENTER» kompaniyasi direktori Pshemislav Furmanovskiy bilan muzokaralar chog‘ida Polshaga o‘zbek kimyo mahsulotlarini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mahsulotlarini Polsha va Yevropaning qator mamlakatlariga muntazam sotilishini ta’minlayotgan mazkur kompaniya bilan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollarini o‘rganib chiqishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Yaponiya biznes sohasidag...

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya xalqaro ayirboshlash kengashi (Frien...

Ashxobodda O‘zbekiston-Turkmaniston aloq...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Ashxobodga tashrifi doirasida O‘zbekiston Bosh vazi...

Ikki tomonlama kelishuvlar amalga oshiri...

Videokonferensiya shaklida ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini muvofiqlash...

So`nggi yangiliklar