Uz / Ўз Ru En

Toshkent

31/Avgust/2022   Fakt

Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida III Hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi

 TOSHKENT, 31 avgust. /“Dunyo” AA/. Toshkentda “YANGIAMARKET” III  Hunarmandlar festivali o‘tkazilishiga sanoqli kunlar qoldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


3–4 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu hunarmandlar, sanʼatkor, gastrohavaskor va musiqachilar anjumani O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan o‘zaro hamkorlikda  tashkil etilmoqda.

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, bu galgi festival noodatiy musiqiy chiqishlarni hamda kutilmagan ritmlarni o‘z ichiga oladi. Bastakorlarning vinil plastinkalardagi betakror ijrolari, noyob albomlar festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi. 

Qolaversa, festivalda jonli konsertlarni namoyish qilish rejalashtirilgan. Musiqiy dasturning hamkori TBC bank hisoblanadi.

Shuningdek, bozor hududida fud-kort ochiladi, festival ishtirokchilari betakror qahvadan tatib ko‘rishlari, oilaviy restoranning qandolatchilik mahsulotlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Maʼlumot uchun: festivalga kirish bepul

Mavzuga oid

O‘zbekiston MDH Hukumat rahbarlari kenga...

Bugun Ostona shahrida MDHga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi o‘z ish...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazi...

Bugun Xalqaro ilm-fan tashkilotlari ittifoqi (ANSO), Xitoy xalqaro madaniy almashuv markaz...

Avstriyaning amaldagi Prezidenti saylovd...

Kecha davlat rahbarligi uchun o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, Avstriy...

So`nggi yangiliklar