Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Avgust/2022   Prezident

Prezident Bekoboddagi futbol akademiyasida bo‘ldi, shuningdek, nuroniylar, sektor rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 12 avgust. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Bekobod shahriga tashrifi davomida “Metallurg” futbol klubi qoshidagi «El Golazo» futbol akademiyasida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.


Ushbu maktab Ispaniyaning taniqli «Real Madrid» klubi jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yili oktyabrda faoliyat boshlagan. Tabiiy va sunʼiy chimli stadionlar, fitnes zali, o‘quv binolari va yotoqxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. O‘quv-mashg‘ulotlari “Real Madrid” futbol klubi anʼanalariga mos ravishda olib boriladi. Murabbiylarning uch nafari ispaniyalik.

Bugungi kunda akademiyada 200 nafardan ortiq o‘quvchi saboq olmoqda. Bu yerda o‘qish istagidagi yoshlar ko‘p. Shu bois 11 yoshdan 17 yoshgacha bolalar tanlov asosida qabul qilinadi. Yaqinda 48 nafar iqtidorli tarbiyalanuvchi Ispaniyada mahorat oshirib keldi.

Davlatimiz rahbari akademiyada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, bolalar bilan suhbatlashdi.

- Shunday zamonaviy sharoitlarda o‘qiyotganingiz, yonib turgan ko‘zlaringizni ko‘rib, xursand bo‘ldim, - dedi Prezident. - Kelgusida sizlardan mashhur futbolchilar, chempionlar yetishib chiqishiga ishonaman. Eng muhimi, sog‘lom bo‘lib ulg‘ayasiz, farzandlaringizni ham sportga oshno qilib tarbiyalaysiz. Maqsadimiz - yoshlar o‘rtasida ana shunday muhitni shakllantirish.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga bu futbol maktabi tajribasini ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Bekobodlik nuroniylar, sektorlar rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan ham samimiy suhbat bo‘ldi. Yangi “mahallabay” tizimini joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar muammolarini hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Shu bilan Prezidentimiz Bekobod shahriga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

 

Dlya telegram: Prezident Bekoboddagi futbol akademiyasida bo‘ldi, shuningdek, nuroniylar, sektor rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi

 

Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Bizga salohiyatl...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mehnat taʼli...

Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston yetak...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telef...

O‘zbekiston Prezidenti neft-gaz sohasida...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab ch...

So`nggi yangiliklar