Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga jo‘nab ketdi


TOSHKENT, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari Matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, Sammitda tashkilotga aʼzo mamlakatlar, kuzatuvchi maqomidagi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi.

Davlat rahbarlari kengashining majlisida SHHTning o‘tgan 20 yildagi faoliyati hamda Tojikiston raisligining yakunlari ko‘rib chiqilib, ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalari muhokama qilinadi. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. SHHTga raislik O‘zbekistonga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.

Shuningdek, anjuman doirasida «SHHT – KXSHT» formatidagi uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Birorta bola “me...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan ma...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlar...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orq...

Davlatimiz rahbari alpinist Sergey Denis...

O‘zbekiston Prezidenti yurtimiz bayrog‘ini sayyoramizdagi eng baland cho‘qqisiga ko‘targan...

So`nggi yangiliklar