Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar

 TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston-Qozog‘iston oliy darajadagi samarali muzokaralaridan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar. Hujjatda qardosh xalqlarimizning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, ko‘p qirrali sheriklik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadi o‘z ifodasini topgan.

Marosimda imzolangan yana bir muhim hujjat yaqin 5 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni 10 milliardga yetkazish bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasidir. Unda ikki mamlakat tarmoqlari va hududlari uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbarlari huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi. Bojxona, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, fazoviy makonni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish sohasiga doir hamda “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan. Shuningdek, savdo, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari, sud-ekspertlik faoliyati, mudofaa, bandlik va fan sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha tegishli hujjatlarga imzo chekildi.

Toshkent va Turkiston viloyatlari, Toshkent va Nur-Sulton shaharlari, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lari qabul qilindi.

Umuman, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi.

Mavzuga oid

Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedo...

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni ta...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida o‘tayotgan xalqaro konfe...

O‘zbekiston Prezidenti KXSHTning Afg‘oni...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilot...

So`nggi yangiliklar