Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Mart/2023   Vatandoshlarimiz

Primorsk o‘lkasida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi

VLADIVOSTOK, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Primorsk o‘lkasidagi “Triliton” MCHJda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv davomida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, jumladan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha 30 aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan referendumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida batafsil maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi.  Vatandoshlar ushbu siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz hukumati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qabul qilinayotgan qarorlar haqida so‘zlab berildi. Davlatimiz rahbarining «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan mehnat migrantlariga berilayotgan imtiyozlar alohida urg‘ulandi.

Mavzuga oid

Mamlakatimiz atrof muhitini asrash va iq...

Kecha mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri...

Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayollar...

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi “Özbek Kadın Hakları Derneği” (ÖKHD ...

Kuban oliy bilim yurtlarida tahsil olayo...

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Kuban davlat universitet...

So`nggi yangiliklar