Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2020   Dolzarb

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro tanlovining g‘olib va sovrindorlari taqdirlanadi


TOShKENT, 19 oktyabr. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbek milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorliqda e’lon qilgan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tаdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining «O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etiladigan umumxalq bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi bayonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tanlov hay’atiga ko‘ra, tanlov birinchi marta tashkil etilganiga qaramasdan, unga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘ldi. Mahalliy va xorijiy ishtirokchilar o‘zbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan materiallari bilan faol ishtirok etdi. Shu bois g‘olib va sovrindorlarni saralab olish ham oson kechmadi.

Xalqaro tanlovning «O‘zbek tilining xorijdagi targ‘ibоtchisi» yo‘nalishida kutilganidan ham ziyod ijodiy ishlar taqdim etildi. Bu tanlovga oid e’lon va materiallarning «Dunyo» AA kanallari orqali xorijiy OAVda hamda mamlakatimizning chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan amalga oshirilgan yuqori darajadagi targ‘ibоt ishlarining samarasi bo‘ldi.

Xususan, xalkaro tanlov natijalariga ko‘ra, «O‘zbek tilining xorijdagi targ‘ibоtchisi» yo‘nalishida birinchi o‘rin Ozarbayjon Respublikasi vakili Shoxmamad Dog‘larga, ikkinchi o‘rin Turkiya Respublikasi fuqarosi Fatma Achikka, uchinchi o‘rin esa yaponiyalik Chixo Miyazakiga nasib etdi.

Shuningdek, xalkaro tanlovda faol ishtiroki uchun Hakim Zokir (Tojikiston), Sunnatulla Akram (Qozog‘iston), Maxbubulloh Turon (Afg‘oniston), Aynur O‘z O‘zjan (Turkiya), Tomas Velsforl (Angliya) va Beg‘am Qorayeva (Rossiya) rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini yuksaltirish, davlat tilining xorijdagi nufuzini oshirish, milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, davlat tiliga oid dolzarb masalalarni hal etishga ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat.

Mavzuga oid

Mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh ko...

O‘zbekistoning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi xodimlari «Vsemirnыy kongress uzbekskix o...

Yevroosiyo mintaqasida transport aloqala...

Xitoyning nufuzli ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning...

Turkiya Prezidenti Bosh maslahatchisi Ya...

Turkiya Respublikasi Prezidentining Bosh maslahatchisi Yalchin TOPChU

So`nggi yangiliklar