Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Mart/2021   Markaziy Osiyo

Qirg‘iziston Iroqdan 79 nafar bolani o‘z vataniga qaytardi


TOSHKENT, 16 mart. /«Dunyo» AA/. «Meerim»  («Mehr-shafqat») gumanitar missiyasi doirasida bugun Qirg‘izistonning 79 nafar fuqarosi - bolalar Iroqdan o‘z vataniga qaytarildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Kabar» davlat agentligining xabar berishicha, bolalarni vatanga qaytarish Qirg‘iziston rahbariyatining siyosiy irodasi va mamlakatning tashqi ishlar, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish idoralari, huquqni muhofaza qilish mahkamalari, mamlakatning Kuvaytdagi elchixonasi, shuningdek, BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ko‘magida amalga oshirildi.

«Bolalarni olib kelish Iroqda qolgan onalarning roziligi va ularning Qirg‘izistondagi qarindoshlarining bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagi bilan amalga oshirildi», deyiladi manbada.

«Kabar»ning ta’kidlashicha, respublika hukumati vatanga qaytarilgan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Ularning tezroq reabilitatsiya qilinishi, integratsiyalashuvi, xavfsiz va tinch hayotga qaytishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi.

Qirg‘iziston hukumati Iroq hukumati, YUNISЕFning Bishkek va Bag‘dod shaharlaridagi vakolatxonalari, Qirg‘iziston Qizil yarim oy jamiyatiga bolalarni vatanga qaytarish missiyasini amalga oshirishda hamkorlik va yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid

Anvar Nosirov: O‘zbekiston va Qirg‘izist...

«25-26 mart kunlari o‘tkazilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari o‘rtas...

MOXI: Ko‘p qirrali hamkorlik bo‘yicha be...

“Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat must...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Dushanbe shahrida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi sav...

So`nggi yangiliklar