Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

Qirg‘izistonda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi kunlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi


BISHKEK, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Qirg‘izistondagi elchixonasida Bishkek shahridagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbek talabalari ishtirokida O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi kunlariga bag‘ishlangan “davra suhbati” o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda elchi Xurshid Mirzohidov O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi, uning asosiy bo‘lim va yo‘nalishlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Xususan, Asosiy qonunning davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilanganligi taʼkidlandi.

Konstitutsiya yaratilishida jahon konstitutsiyaviy tajribasinining qator ilg‘or jihatlari hisobga olinganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Asosiy qonun loyihasi BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o‘tganligini, O‘zbekiston manfaatlari va intilishlaridan kelib chiqqan holda, Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 100 ga yaqin mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilganligi haqida gapirib berildi.

Bundan tashqari, joriy yil O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida o‘zbekistonlik talabalarga axborot berildi.

Tadbir davomida o‘zbek talaba yoshlariga mezbon mamlakatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarga qatʼiy rioya qilish, elchixona konsullik bo‘limi va yoshlar tashkiloti bilan yaqin muloqotda bo‘lish tavsiya etildi.

Uchrashuvda joriy yil 24 oktyabr kuni elchixona binosida tashkil etilgan Prezident saylovi jarayonida faol ishtirok etgan talabalarga diplomatiya missiyasining tashakkurnomalari taqdim qilindi. Yoshlarga kitob, jurnal va boshqa adabiyotlar tarqatildi.

Tadbir yakunida anʼanaviy bayram dasturxoni yozildi.

Mavzuga oid

Milliy palata tibbiyot klasterining Janu...

Qayd etish joiz, Choy Jaye Vuk O‘zbekistonda Janubiy Koreya modeli asosida Milliy onkologi...

O‘zbekiston Prezidentining Pandemiyalar ...

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruza Hamdamova

Buyuk Britaniyadan munosabat: Murojaatno...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va malakat xalqig...

So`nggi yangiliklar