Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Sayyohlik

Qirg‘izistonda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan «davra suhbati» o‘tkazildi


TOSHKENT, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning  Bishkekdagi elchixonasida Qirg‘iziston turoperatorlari assotsiatsiyasi raisi Sergey Gluxoverov va assotsiatsiyaga aʼzo turkompaniyalar vakillari ishtirokida «davra suhbati» bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxiri.

Anjumanda O‘zbekiston turkompaniyalari va mazkur assotsiatsiya aʼzolari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish, qo‘shma sayohatlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston turizm salohiyatining taqdimoti o‘tkazildi. Mamlakatimizda chet ellik sayyohlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shu jumladan, viza tartibini soddalashtirish, ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, madaniy meros obyektlari haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

 S.Gluxoverov O‘zbekistonda turizm rivojiga berilayotgan katta eʼtiborni yuksak baholadi.  

- Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevning turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlariga havas qilamiz, - dedi u. - Davlatingiz  rahbari tomonidan soha rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoit, viza tizimidagi islohotlar, chet el fuqarolariga berilayotgan imtiyoz va chegirmalar borasidagi o‘zgarishlar O‘zbekistonga turistlar oqimining oshishiga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonning turistik jozibadorligi oshayotganidan mintaqa mamlakatlari, jumladan, Qirg‘iziston ham manfaatdor. Yaʼni mamlakatlarimiz turistik kompaniyalarining «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-bir yo‘nalish» kombi-turlarini tashkil etish imkoniyatlari kengaymoqda. Biz bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yana-da rivojlantiraveramiz.

Mavzuga oid

«Do‘stlik ko‘prigi. Gid 2020: yangi imko...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmn...

Samarqandda sayyohlik faoliyatiga ruxsat...

Ichki turizmni yo‘lga qo‘yish maqsadida bugundan boshlab Samarqand shahridagi sayyohlik ob...

Turkiyalik inflyuyenserlar Buxoroga sayo...

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda qator taniqli inflyuyenser...

So`nggi yangiliklar