Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2020   Dolzarb

Qirg‘izistonda sobiq prezidentga hukm e’lon qilindi


BISHKEK, 24 iyun. /“Dunyo” AA/. Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 11 yilu 2 oyga qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sud hukmiga ko‘ra, sobiq davlat rahbariga davlat mukofotlaridan mahrum etish va mulkini musodara qilish jazolari tayinlangan, shuningdek, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga xilof ravishda ozodlikka chiqarilgani uchun korrupsiyada aybdor, deb topilgan.

Qirg‘izistonda prokurorlar Almazbek Atambayevni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni taklif etgan edi.

Qayd etish joiz, ushbu ish bo‘yicha Prezident Devonining Sud islohoti va qonuniylik bo‘limi sobiq rahbari Indira Joldubayeva, Gematologiya milliy markazi sobiq rahbari Abduhalim Raimjonov, Davlat jazoni ijro etish xizmati raisining sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyevlar ham aybdor, deb topildi.

Almazbek Atambayev Qirg‘iziston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan 2019 yilning 8 avgust kuni Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida qo‘lga olinib, Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining (DMXQ) tergov hibsxonasiga joylashtirilgandi.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti korrupsiyadan tashqari DMXQning “Alfa” maxsus bo‘linmasi xodimini o‘ldirganlikda va hokimiyatga qurolli qarshilik ko‘rsatishda ayblanmoqda. Shuningdek, ikkita noqonuniy yer bitimiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev: Bironta xonadon, bir...

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Biz Buxoroda, siz ham keling!

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan hisoblangan «Haber» AA saytida «Biz Bux...

Xitoy elchisi Szyan Yan: O‘zbek xalqinin...

Yangi yil arafasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Szyan...

So`nggi yangiliklar