Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Sentabr/2022   Fakt

Qirolicha Yelizaveta ikkinchining dafn marosimida O‘zbekistondan Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari ishtirok etmoqda

TOSHKENT, 19-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiyasi qirolicha Yelizaveta ikkinchining dafn  marosimida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xorijiy nashrlarning maʼlum qilishicha, qirolicha bugun Vindzordagi Avliyo Georgiy butxonasida, turmush o‘rtog‘ining yoniga dafn etiladi.

10 kunlik milliy motamni yakunlaydigan Vestministr abbatligida bo‘lib o‘tadigan marosimda qariyb 2 mingga yaqin kishi hozir bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Karl IIIga onasi qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va eʼtiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi edi», deyiladi davlatimiz rahbarining taʼziyanomasida.

«Associated Press»dan olingan surat

Mavzuga oid

Avstriyaning amaldagi Prezidenti saylovd...

Kecha davlat rahbarligi uchun o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, Avstriy...

“ArMI-2022”: O‘zbek harbiy aloqachilari ...

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Ishonchli qabul” musobaqasi harbiy aloqachilar mahoratini si...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaz...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sunʼiy intellekt bo‘yicha milliy ...

So`nggi yangiliklar