Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vazirligi suv resurlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha shartnoma imzoladi


TOSHKENT, 16-aprel. /“Dunyo” AA/. Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida AKIS - Agroxizmatlar markazida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Avstraliyaning “Rubikon Water Pty Ltd” kompaniyasi o‘rtasida Qashqadaryo viloyati Qamashi – Mirishkor kanalida suv resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 18,2 milliard so‘mga teng bo‘lgan shartnoma imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri hokimlik maʼlumotiga tayanib.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida jami 6,5 ming gektar maydonning 43 million litr miqdordagi suvga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi.

Loyihani amalga oshirish natijasida suvni tejash 70 foizga yetkazilishi, irrigatsiya kanallaridan suvni ekinlarga yetkazilishi 37 foizdan 90 foizgacha oshishi hamda suvdan oqilona foydalanishni 97 foizgacha yetishi kutilmoqda.

Suv xo‘jaligi tarmog‘i elementlarini onlayn monitoring qilish va boshqarish uchun yangi avloddagi radioqurilmalar bazasida alohida SCADA telemetriya va teleboshqaruv tizimi tashkil etiladi.

Avstraliyaning “Rubikon Water Pty Ltd” kompaniyasi suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri sanaladi. Kompaniya tomonidan dunyoning 15 ta davlatida 30 mingdan ortiq avtomatlashtirilgan suvni boshqarish shlyuzlari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu shlyuzlar jami 1,5 million gektar sug‘oriladigan yerlarni qamrab olgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda Investitsiya loyihalarini ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini...

Qoraqalpog‘iston fermerlari Germaniyada ...

Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir guruh chorvadorlari hamda ushbu sohaga mas'ul davlat...

Saudiya Arabistoni kompaniyasi direktori...

Kecha Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Saudiya Arabistoni delegatsiyasi vakili «D...

So`nggi yangiliklar