Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Mart/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Qoraqalpog‘istonda Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologiyalari asosida zamonaviy issiqxona majmualari quriladi


SEUL, 2-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Alibek Kamolov va «Myung Sung Placon Co., Ltd.» kompaniyasi prezidenti Jong Yong Xun o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologiyalarini jalb qilgan holda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri, Nukus va Xo‘jayli tumanlarida zamonaviy issiqxona majmualarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Alibek Kamolov issiqxonalar yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi. «Biz Janubiy Koreya bilan hamkorlikni yana-da kengaytirishdan manfaatdormiz», dedi u. Vazir o‘rinbosari,  shuningdek, 2020 yil dekabr oyida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarga muvofiq Nukus shahri va tumanida loyihalarni kengaytirish uchun tegishli yer maydonlari ajratilishini maʼlum qildi.

«Myung Sung Placon Co., Ltd.» kompaniyasi prezidenti  Jong Yong Xun Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan doimiy yordam uchun minnatdorlik izhor qildi, o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u erishilgan o‘zaro kelishuvlar kompaniya tomonidan to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini qayd etdi.

Muzokaralarda tomonlar Qoraqalpog‘istonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning keyingi bosqichlari bo‘yicha fikr almashdi.

Mavzuga oid

Avstriyadagi elchixona vakillari Vengri...

Avstriyadagi elchixonasi xodimlari hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Vengriya oziq-ovqat sano...

B.Ishnayev: Biz O‘zbekistonning ijtimoiy...

O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi xorijda istiqomat qila...

Ukraina kompaniyalari O‘zbekiston birja...

«O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi» rahbarlarining Ukrainaga tashrifi davom...

So`nggi yangiliklar