Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Aprel/2020   Iqtisodiyot

Qozog‘iston bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik davom etmoqda

TOSHKENT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R.Sklyar bilan videokonferensiya o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri vazirlik manbasiga asoslanib.


Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport – logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari hamda pandemiya bilan bog‘liq bo‘lgan global inqiroz hodisalarining iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan ikki mamlakat hukumatlari tomonidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro samarali aloqalar taʼkidlab o‘tildi – bugungi kunda, savdo to‘siqlarini olib tashlash, ikki tomonlama tovar aylanmasining nomenklaturasi va ko‘lamini kengaytirish, mamlakatlar aro ishlab chiqarish zanjirlarini rivojlantirish bo‘yicha sezilarli progressga erishildi.

Ushbu yo‘nalishda tomonlar  bojxona meʼyorlari va standartlarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish, bojxona xizmatlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlarni faollashtirish zarurligi borasida umumiy mulohazaga keldilar.

Ikki mamlakat hududlari orqali yuk tashishni to‘siqlarsiz taʼminlash borasida tezkor choralarni ko‘rish nuqtayi nazaridan barqaror o‘zaro savdoni saqlab turish uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirishga ikki davlat hukumatlari tarafdor ekanliklari taʼkidlandi.

Bundan tashqari, tarifli va tarifsiz tartibga solish usullarini uyg‘unlashtirishning aniq mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Bu esa, joriy iqtisodiy sharoitda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasini yiliga 5 milliard dollargacha o‘stirishga imkon yaratadi.

Muzokaralar yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha masalalarni o‘rganib borish doirasida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari videokonferensalaqa orqali o‘zaro faol aloqa qilishlariga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valy...

O‘zbekiston Markaziy banki joriy yil 4 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan ya...

“Global G.A.P.” tashkiloti xalqaro serti...

“O‘zstandart” agentligida “Global G.A.P.” tashkilotining Markaziy Osiyo, Rossiya va Latviy...

O‘zbekistonda har yili qo‘shimcha 61 ton...

“Sho‘rtan” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasi...

So`nggi yangiliklar