Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Markaziy Osiyo

Qozog‘iston O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini olqishlamoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda

TOSHKENT, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondagi so‘nggi voqealar yuzasidan bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“O‘zbekiston Qozog‘istonning qardosh davlati, ishonchli ittifoqchisi va strategik hamkoridir, - deb taʼkidlangan hujjatda. - Shu bois Qozog‘istonda qo‘shni do‘st mamlakatdagi voqealar xavotir bilan qabul qilindi.

Biz O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Muhim siyosiy voqea – Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum arafasida qardosh O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga ishonchimiz komil.

Qozog‘iston 1998-yil 31-oktyabr kuni imzolangan Abadiy do‘stlik, 2013 yil 14 iyun kuni imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalar, shuningdek, 2021-yil 6-dekabr kuni imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ruhida O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash kursiga qatʼiy amal qiladi”.

 

 

Mavzuga oid

Ertaga Markaziy Osiyoning barqaror rivoj...

Joriy yil 1 iyun kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) «Markaziy Osiyoning barqar...

BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi H...

Shotlandiyaning Glazgo shahrida Parij kelishuvini amalga oshirishning dastlabki natijalar...

Qirg‘iziston Iroqdan 79 nafar bolani o‘z...

«Meerim» («Mehr-shafqat») gumanitar missiyasi doirasida bugun Qirg‘izistonning 79 nafar f...

So`nggi yangiliklar