Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar haqida

 NUR-SULTON, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning “Infozakon” onlayn-nashrida «Urganchda konstitutsiyaviy rivojlanishning milliy va xalqaro tajribasi muhokama qilindi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Nashrda O‘zbekiston Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya ish rejasiga muvofiq “Inson–jamiyat–davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba» mavzusida Urganch shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya tafsilotlari yoritilgan.

«Anjumanda bugunga qadar konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirish bo‘yicha xalqdan, xususan, o‘qituvchilar, tadbirkorlar, fermerlar, fuqarolik jamiyati institutlari va milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar va mahallalardan 40 mingdan ziyod taklif kelib tushgani qayd etildi, - deyiladi maqolada. -. Bu takliflar jamiyat va davlatning barcha sohalarini, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-maʼnaviy sohalarni va boshqalarni qamrab oladi».

Maqolada Konstitutsiyaviy komissiya ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga qatʼiy rioya qilgan holda ish yuritgani, Asosiy qonunni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganish asosida takliflarni ko‘rib chiqqani, birorta taklif eʼtibordan chetda qolmaganligi taʼkidlangan. Ular jamiyat va davlat taraqqiyoti, xalq farovonligini taʼminlash uchun amaliy imtiyozlar nuqtai nazaridan sinchkovlik bilan tahlil qilindi.

«Xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaga tegishli taklif va tavsiyalar tayyorlandi,- deb yozadi “Infozacon”.- Xorijiy davlatlar va O‘zbekiston konstitutsiyaviy rivojlanishining qiyosiy tahlili hamda xalqaro konferensiya davomida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida Urganch deklaratsiyasi qabul qilindi».

 

Mavzuga oid

Vladivostokdagi vatandosh: Konstitutsiya...

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini Rossiya Federatsiyasi “But...

Xitoydagi vatandosh: Konstitutsiyada xus...

Shanxay shahrida «Adidas Group» kompaniyasi xodimi, vatandoshimiz Farida Karimova “Dunyo”...

Avstriyadagi vatandosh: Konstitutsiyav...

Venada xalqaro tashkilotlarda loyihalar koordinatori bo‘lib faoliyat yuritadigan vatandosh...

So`nggi yangiliklar