04/Iyun/2021 O‘sish nuqtasi
TOSHKENT, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. Rasmiy tashrif bilan malakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev boshchiligidagi delegatsiya bugun poytaxtimizdagi “Texnopark” MCHJga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qozog‘iston delegatsiyasi bu yerda ishga tushirilgan zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori texnologiyali va sifatli mahsulotlar bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 30 mart kuni “Texnopark”da O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Qozog‘istondan yuzga yaqin ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi. Biznes-forum yakunida qator shartnomalar imzolandi.