Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Iyun/2021   Parlament

Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi 3-4 iyun kunlari Toshkentda bo‘ladi


TOSHKENT, 1-iyun. /“Dunyo” AA/.  Joriy yil  3-4 iyun kunlari Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tashrif kun tartibidan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlari o‘rin olgan.

Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi rahbari, shuningdek, «Mustaqillik va ezgulik» monumentiga gul qo‘yadi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, «Hazrati Imom», Shayx Xovandi Tohur majmualari, “Qaldirg‘ochbiy” maqbarasi, “Texnopark”ka tashrif buyuradi, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.

Mavzuga oid

Senatorlar “labor-migration” dasturiy ma...

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublika...

Oliy Majlis Senati Raisi BMT Bosh kotibi...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, B...

Aholining yordamga muhtoj guruhlarini qo...

O‘zbekiston mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va YUNISЕFning qo‘shma ijtimo...

So`nggi yangiliklar