Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Qozon shahrida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilmoqda

QOZON, 11-oktabr.  /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxona tomonidan Qozonda yashayotgan va ushbu shahardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Unda O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi, davlat rahbarligi uchun saylovda ishtirok etayotgan nomzodlarning tarjimai holi va dasturlari haqida batafsil ma’lumot berilar ekan, bo‘lajak Prezident saylovi yangilangan saylov qonunchiligi asosida o‘tkazilayotgani qayd etildi.

Vatandoshlar Bosh konsulxonada tashkil etilgan saylov uchastkasida saylov kuni hamda muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ovoz berishi mumkinligi ma’lum qilindi. 

O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari Qozon shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti saylovini yuqori darajada tashkil etishga yaqindan ko‘maklashishini bildirdi.

Mavzuga oid

Bugun kunning birinchi yarmida Qirg‘izis...

Bugun Jalolobod shahrida joylashgan Jalolobod davlat universitetining tibbiyot fakulteti b...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar ke...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarning mamlakatimiz bo‘ylab saylovchilar bilan uchrashu...

Italiyalik xalqaro kuzatuvchi: O‘zbekist...

Italiyalik xalqaro kuzatuvchi, O‘rta yer dengizi Osiyo va Afrika instituti kengashi a’zos...

So`nggi yangiliklar