25/Mart/2023 Jamiyat
QOZON, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Ufa shahridagi “Yevraziya” o‘zbek milliy-madaniy markazi bilan birgalikda yasharish va yangilanish ayyomi — Navro‘zi olam bayrami tadbirlarini tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston dilomatlari va “Yevraziya” o‘zbek milliy-madaniy markazi faollari o‘z chiqishlarida ishtirokchilarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladilar. Shuningdek, bahor faslining kirib kelishi yaxshi kayfiyat, quvonch, xursandchilik va kelajakda yaxshi hosil yaratish garovi vaqti ekanligi taʼkidlandi.
Bayram tadbirida xushovoz xonandalar ijrosidagi dilrabo taronalar, ko‘ngilochar dasturlar va ulashilgan milliy taomlar barchaga bayramona kayfiyat hamda ko‘tarinkilik baxsh etdi.