Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Sentabr/2020   Ilm-fan

“QS Global Education News” nomli nufuzli jurnalda ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida maqola chop etildi


TOSHKENT, 9 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Angliyada chop etiladigan QS Global Education News xabarnomasida “QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti” sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalar to‘g‘risida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2019 yilda Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida 301-350 o‘rinda qayd etilishi mamlakatlarimiz oliy ta’lim muassasalari tarixida erishilgan yuqori natija bo‘lgan edi. Mazkur natija QS ning 2020 yilgi yillik hisobоti (Yearbook) da ham o‘z aksini topdi.

O‘zA manbasida qayd etilishicha, maqolada, institutning QS EECA reytingidagi ishtiroki, yoshlarga yaratilgan global standartlar asosidagi yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyati, ilmiy hamda akademik izlanishlar uchun xizmat qilayotgan laboratoriyalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Pandemiya sharoitida bo‘lsa-da, ta’limda uzluksizlik ta’minlangani ta’kidlanadi.

QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi QS WOWNEWS jurnali vorisi bo‘lib, joriy yilning avgust oyida birinchi sonini nashr qildi. Xabarnomada dunyo OTMlari yangiliklari, shu jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar yutuqlari, dastur ishlanmalari, ilmiy yutuqlar, innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik va hamkorlik doirasida tuzilgan shartnomalar, talabalar shaharchasi va OTM huzuridagi ilmiy markaz hamda laboratoriyalar faoliyati haqidagi muhim yangiliklar berib boriladi.

Mavzuga oid

2021 yil Jaloliddin Manguberdi hayoti ...

2021 yil Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konfer...

Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ CBHE loyih...

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi maʼlumotida keltirilishicha, mazkur loyihalardan 6 t...

AQShning Ogayo davlat universitetida o‘z...

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tiliga bo‘...

So`nggi yangiliklar