Uz / Ўз Ru En

Toshkent

31/Iyul/2020   Siyosat

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda


TOSHKENT, 31- iyul. /“Dunyo” AA/. Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bayram tabriklarida davlatimiz rahbari va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq, umumiy global xatarlarni tez fursatda yengib o‘tish tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev;

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Yaman Respublikasi Prezidenti Abdurabbu Mansur Hodiy;

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda;

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar;

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al Malik.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston b...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vak...

Kan Chje KVON: Janubiy Koreya O‘zbekisto...

Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje KVON «Dunyo...

Belarusning MDHga raisligi konsepsiyasin...

yanvardan boshlab MDHga raislik O‘zbekistondan Belarusga o‘tdi. Hamdo‘stlikka rais mamlaka...

So`nggi yangiliklar