Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Iyul/2022   Izohlar

Ramiz Alekperov: O‘zbekiston rahbariyatining siyosiy va diplomatik tashabbuslari mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun mustahkam poydevor yaratadi

KOBUL, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (MOONSA) rahbari Ramiz Alekperov O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiya haqidagi fikrlarni bildirdi, “Dunyo” AA muxbiri.


- O‘zbekiston tashabbusi bilan BMTning ushbu rezolyutsiyasi qabul qilinganini qutlayman. Ushbu tadbir xalqaro hamjamiyat tomonidan O‘zbekiston tashqi siyosati naqadar to‘g‘ri yo‘lda ekanining yuksak eʼtirof etilayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z vaqtida ilgari surayotgan siyosiy va diplomatik tashabbuslari mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Hujjat iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning transport, tranzit va sarmoyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rezolyutsiya Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishi va mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuviga, shuningdek, ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Mavzuga oid

Yekaterinburgdan munosabat: Qo‘shma loyi...

Rossiya Fanlar akademiyasining Ural bo‘linmasi Iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi Yevgeniy...

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy...

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (MOMIHI) direktori Sayid Shakil Sh...

Malayziyadan munosabat: BMT Bosh Assambl...

Malayya universitetining Xalqaro va strategik tadqiqotlar kafedrasi professori Roy Entoni ...

So`nggi yangiliklar