Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2021   Ta'lim

Rimda Italiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


RIM, 30-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasida ushbu mamlakat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar hamda O‘zbekiston Yoshlari assotsiatsiyasining Italiyadagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy tizimni demokratlashtirish, shu jumladan, Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyati, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi. 

Xususan, joriy yil 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan Prezident saylovining tashkiliy-texnik jihatlari, elchixona huzurida saylov uchastkasi tuzilganligi, Italiya hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolarining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi tartibi hamda muddatidan oldin ovoz berish kunlari va manzillari haqidagi ma’lumotlar tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga havola qilindi. 

Italiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning aksariyati Turin politexnika universitetida o‘qishi hisobga olingan holda Turin shahrida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil qilinayotganiga alohida e’tibor qaratildi. 

Shu bilan birga, Italiyada ta’lim olayotgan yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vakolatxona tomonidan tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlar haqida ham atroflicha fikr yuritildi. 

Uchrashuv chog‘ida mamlakatimiz yoshlarining turmush sharoitlari va kundalik hayotiga doir masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi - ularga konsullik, tashkiliy-huquqiy masalalar yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ayollar, tinchlik va xavfs...

Mazkur tashabbus haqida YEXHT Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan «Ayollar, tinchlik va x...

O‘zbekiston mintaqalarida Malayziya univ...

Buxoro davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Termiz davlat universiteti...

Maktabgacha taʼlim vaziri Yunesko Bosh d...

O‘zbekiston maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Yunesko Bosh direktorining taʼlim bo‘...

So`nggi yangiliklar