Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Rimda O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi

 RIM, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Italiyada taʼlim olayotgan vatandosh talabalar ishtirokida mamlakatimizda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi, deb xabar bermoq “Dunyo” AA muxbiri.


Diplomatiya missiyasi rahbari Otabek Akbarov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ularning tarixiy ahamiyati haqida ishtirokchilarga so‘zlab berdi.  Dunyodagi globallashuv, raqamlashtirish, iqlim o‘zgarishi jarayonlari, jadallik bilan o‘zgarib borayotgan hayotiy voqelik davlatni yana-da modernizatsiya qilish, tinchlik, barqarorlik va milliy mustaqillikni mustahkamlash bo‘yicha o‘ta muhim va dolzarb bo‘lgan yangi vazifalarni qo‘yayotgani alohida taʼkidlab o‘tildi.

Shu maʼnoda O‘zbekiston Bosh qomusini bugungi zamon talablariga moslashtirish zaruriyati tug‘ilgani  qayd etildi.

Ishtirokchilarga O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlar haqida batafsil so‘zlab berildi. Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgani, uning faoliyati hamda joriy yil 20 iyun kuni davlatimiz rahbarining Komissiya aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirgan takliflari haqida maʼlumot taqdim etildi.

«Davlat – jamiyat – inson»  g‘oyasi  «Inson – jamiyat – davlat»ga o‘zgartirilayotgani, «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori», «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat», «O‘zbekiston – huquqiy davlat» tamoyillari yangi Konstitutsiyada mustahkamlanayotgani taʼkidlandi.  Shu bilan birga “Miranda” qoidasi, «Xabeas korpus» instituti tushunchalari Asosiy qonundan o‘rin olmoqda.  

Brifing ishtirokchilari, o‘z navbatida,  umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida nazarda tutilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni qo‘llab-quvvatlashini  bildirdi.

 

Mavzuga oid

Singapurlik vatandosh: Konstitutsiyaviy ...

O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga Singapurda faoliyat yuritayotgan va...

Indoneziyadagi vatandosh: Konstitutsiyav...

Indoneziyada istiqomat qilayotgan vatandoshimiz oilaviy munosabatlar bo‘yicha ekspert Rav...

Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes-assots...

Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari «Janubiy...

So`nggi yangiliklar